Aksiyadorlik jamiyatlariga Korporativ boshqaruv Kodeksi tavsiyalarini sifatli joriy etishda amaliy yordam berish maqsadida, quyidagi namunaviy hujjatlar ishlab chiqildi:
- Axborot siyosati to’g’risida nizom; [Yuklash DOC 69 Kb]
- Ichki nazorat to’g’risida nizom; [Yuklash DOC 78 Kb]
- Dividend siyosati to’g’risida nizom; [Yuklash DOC 75 Kb]
- Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g’risida nizom; [Yuklash DOC 95 Kb]
- Aksiyadorlik jamiyati Ustaviga kiritiladigan o’zgartirishlar loyihasi; [Yuklash DOC 40 Kb]
Mazkur hujjatlar namunaviy xarakterga ega bo’lib, jamiyat faoliyatini nazorat qilinadigan yo’nalishlarining asosiy qismlarini o’zida aks ettiradi. Shu boisdan, aksiyadorlik jamiyatlari yuqorida qayd etilgan hujjatlardan foydalanishda, tarmoq faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni qayta ko’rib chiqish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.
Agarda yuqorida qayd etilgan hujjatlarning alohida bandlari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va/yoki Jamiyat Ustaviga zid kelgan taqdirda, ushu bandlar o’z kuchini yo’qotadi hamda bu bandlar orqali nazorat qilinadigan masalalar, tegishli o’zgartirish kiritilgunga qadar, amaldagi qonunchilik normalari va jamiyat ustaviga asosan nazorat qilinadi.