Davaktiv agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi
Ohangaron tumanida joylashgan “GULOBOD-MEVA” MCHJ rahbarlik lavozimiga tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori hamda Jamiyat ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov oʻtkazish
va nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga asosan jamiyat ijroiya organ rahbari - direktor lavozimiga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.
- Lavozim tavsifi (yoʻriqnomasi):
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish;
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga va jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdor boʻlish;
Jamiyatning direktori jamiyatning ustavi bilan oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan vakolatlarni amalga oshirish;
Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha reja topshiriqlarining bajarilishini taʻminlash;
Mehnat resurslari, yer, binolar, inshootlar, texnik va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanish;
Chorvachilik sohasining ilgʻor texnologiyasi va ulardan foydalanishning oqilona tizimini joriy etishni tashkil qilish.
Hayvonlarning toʻgʻri parvarish qilinishini va chorva mollarining xavfsizligini taʻminlash, ozuqaning oʻz vaqtida tayyorlanishini, uning saqlanishini va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni oʻz vaqtida qayta ishlash va isteʻmolchilarga joʻnatish uchun belgilangan talablar va standartlarga muvofiq foydalanishni taʻminlash.
Mahsulot ishlab chiqarishda mehnat, moddiy va pul resurslarini tejash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Jamiyat xodimlari tomonidan ishlab chiqarish va mehnat intizomi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Jamiyat ishchilariga rahbarlik qiladi, kadrlar tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etish va ishchilarning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
- Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablar:
Quyidagi shaxslar nomzod boʻla olmaydi:
oliy maʼlumoti boʻlmagan shaxslar;
rahbarlik lavozimida kamida ikki yil ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslar;
ushbu shaxslar aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani bekor qilish paytida bunday shaxslar yakka ijroiya organi vazifasini bajarayotgan boʻlsa yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirsa yoki yuridik shaxs taʼsischilari hisoblansa va bunday litsenziyani bekor qilgandan uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi sababli sudlanganlik holati tugallanmagan boʻlsa, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestriga kiritilgan boʻlsa;
sud hukmiga binoan muayyan lavozimda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs;
bunday shaxs bankrot etib topilgan paytda yuridik shaxsning yakka ijroiya organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan boʻlsa
va uni bankrot deb topgan paytdan xali ikki yil oʻtmagan boʻlsa.
Nomzodlarga quyiladigan umumiy talablar:
iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi yoxud yuridik mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan, chorvachilik sohasidagi rahbarlik Boshqaruv raisi/direktor, Boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi, boʻlim/sex boshligʻi va boshqa lavozimlarida kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega boʻlish;
Chorvachilik sohasida kamida 5 (besh) yillik tajribaga ega boʻlgan shaxslar;
yirik korxonalarni boshqarish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;
ishbilarmonlik va/yoki professional muhitda benuqson obroʻ va ijobiy yutuqlarga ega boʻlganligi;
oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxona/larda biznes strategiyasi/barqaror rivojlanish/investitsion loyihalar siyosatini ishlab chiqish va targʻib qilish tajribasi;
oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxona/larda chuqur oʻzgarishlarni, zamonaviy korporativ tizimini va madaniyatini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;
- Taqdim etilishi lozim boʻgan hujjatlar:
Tanlovda qatnashishga roziligi, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tasdiqlashi va tanlovda gʻolib boʻlgan taqdirda ishga yollash shartnomasini tuzishga roziligi bildirilgan, oʻz qoʻli bilan yozilgan ariza;
Maʼlumotnoma-obyektivka (belgilangan shakldagi);
Mehnat daftarchasi nusxasi;
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasining yoki xorijda oliy taʼlim olganligi bakalavr diplomi va/yoki magistr diplomi (mavjud boʻlsa);
Ilmiy unvon (fan nomzodi, fan boʻyicha falsafa doktori, fan doktori) va ilmiy daraja (dotsent, katta ilmiy xodim, professor) tasdiqlovchi hujjat (mavjud boʻlsa);
Qoʻshimcha oliy maʼlumot olganligi (ikkinchi, uchinchi) xaqidagi diplom (mavjud boʻlsa);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga koʻra lavozimga tayinlangan toʻgʻrisidagi hujjat (ish tajribasi koʻrsatilgan holda);
Davlat tashkilotida maʼmuriy-boshqaruv lavozimlarida ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat (mavjud boʻlsa) va tegishli vazirlik va idoralar hamda maxalliy xokimiyat organlari tomonidan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etilganda qoʻshimcha baholanadi;
Xorijiy mamlakatlarda rahbarlik lavozimlarda (direktor, direktor muovini, menedjer, supervayzer) ish tajribasi yoki xorijiy yurisdiksiyada masalalarni hal qilishning amaliy tajribasiga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjat (mavjud boʻlsa). Ijobiy tavsiyanomalar boʻlsa, qoʻshimcha baholanadi;
Tanlov eʼlon qilingan sohadagi rahbarlik tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi, boʻlim/sex boshligʻi va boshqa.)) toʻgʻrisidagi hujjat (mavjud boʻlsa);
Xoʻjalik jamiyatlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari, bosh hisobchi, tashkilotining yuridik xizmati rahbari, vakolatxona yoki filial rahbari) toʻgʻrisidagi hujjat (mavjud boʻlsa);
Xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ish tajribasi toʻgʻrisidagi hujjat (mavjud boʻlsa);
Xorijiy tillarni bilish daajasi toʻgʻrisida guvohnoma (mavjud boʻlsa);
Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestati (mavjud boʻlsa);
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi, auditor, sugʻurtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega hujjatlar (mavjud boʻlsa);
Xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, ACCA, ACA, CIMA, IMC, FRM) (mavjud boʻlsa);
Kompyuter bilimdonlik - MS Office, MS Excel – ishonchli foydalanish (guvohnoma mavjud boʻlsa);
Tanlov hujjatlarini topshirishning oxirgi muddati - eʼlon berilgan sanadan 20 kun.
Tanlov takliflari va hujjatlar muhrlangan konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan holda taqdim qilinadi.
Hujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yoʻli koʻchasi 45-uy, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi binosi.
Maʼlumotlar uchun aloqa: +998(70) 202-03-81
Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan takliflar tanlovga qabul qilinmaydi.

