Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:
12 ta tashkilot “yaxshi” – (81-100 ball);
30 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball);
20 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past)
Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

